Tojikistonda ham soxta nogironlar qamoqqa olindi
Olam
−
16 iyul
6380Tojikistonda o‘zini nogironday ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1990 yilda tug‘ilgan, Vahdat shahrida yashovchi, o‘zini nogiron deb tanishtirgan va tilanchilik bilan shug‘ullangan jismoniy sog‘lom, mehnatga layoqatli shaxsni aniqlagan. Shuningdek, g‘ildirakli aravachada o‘zini nogiron qilib ko‘rsatib, yo‘lda tilanchilik qilayotgan 1966 yilda tug‘ilgan hisorlik shaxs ham qo‘lga olingan.
Har ikki fuqaro bunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik haqida avvalroq rasmiy ogohlantirilganiga qaramay, bunga rioya qilmagan. Natijada ikkalasi ham 5 kundan 15 kungacha qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida firibgarlik yo‘li bilan tilanchilik qilayotgan yigitlar aniqlanib, 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagandi.
LiveBarchasi