Tojikistonda ham Ramazon oyi qachondan boshlanishi aytildi
Olam
−
23 yanvar 17586 1 daqiqa
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2026 yilda Tojikistonda Ramazon oyi 18 fevralda boshlanadi. Bu haqda mamlakatning Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi “Asia-Plus” nashriga ma’lum qildi.
“Ramazon oyining boshlanishi bo‘yicha yakuniy qaror fevral oyida Tojikiston ulamolari kengashi yig‘ilishida qabul qilinadi. Shu yig‘ilishda fitr sadaqasi (ro‘za tutish davrida beriladigan xayr-ehson), zakot va fidya miqdorlari ham e’lon qilinadi”, deyiladi qo‘mita ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston musulmonlari diniy boshqarmasi mamlakatda Ramazon oyi 18 fevral kuni boshlanishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.
Shuningdek, Qozog‘iston Musulmonlari boshqarmasi diniy bayramlar taqvimida 2026 yil Qozog‘istonda Ramazon oyi 19 fevraldan boshlanishi belgilangan edi. Boshqarma ushbu sanalar yangi oy ko‘rinishiga qarab o‘zgarishi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.
Live
Barchasi