Tojikiston O‘zbekistonga elektrni qimmatroq pullamoqchi

Olam

image

O‘zbekiston va Tojikistonning elektr energiyasiga mas’ul kompaniyalari 2019 yil bahor-yoz mavsumida O‘zbekistonga yetkazib beriladigan Tojikiston elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar bermoqda.

“O‘zbekistonlik hamkasblar bilan bu masalada muzokaralar davom etmoqda. Ikki davlat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvida barcha masalalar hal etilib, tegishli shartnoma imzolanishi kutilmoqda”, deya ta’kidlagan “Barki tochik” kompaniyasi raisi o‘rinbosari Madumar Asozoda.

Asozoda so‘zlariga ko‘ra, tomonlar, xususan, O‘zbekistonga uzatiladigan Tojikiston energiyasi narxlarini ham kelishishmoqda. Bunda Tojikiston tomoni elektr energiyasi narxini oshirish niyatida ekanini bildirgan.

“Aziya-Plyus”ning eslatishicha, O‘zbekiston o‘tgan yili Tojikiston elektr energiyasining har bir kilovatti uchun 2 sentdan (qariyb 168 so‘m) pul to‘lagan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi paytda Tojikistonning o‘zida o‘rtacha narx 1,8 sentni, elektr energiya tannarxi 1,7 sentni tashkil etadi.

Asozodaning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilda Tojikiston tomoni O‘zbekistonga 1,6 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirgan bo‘lib, bu 2018 yildagiga nisbatan qariyb 200 million kilovatt-soatga ko‘pdir.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Elektr Barki tochik

Baholaganlar

153

Reyting

2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing