Tojikiston yana bir yirik GESni qurmoqchi

Olam

image

2020 yilda Tojikiston Rog‘un GES to‘g‘onidan 12,5 kilometr pastda joylashgan Vaxsh daryosida yangi GES uchun texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishni boshlaydi, deya xabar beradi Asia Plus.

Tojikiston alyuminiy kompaniyasi (TALKO) Energetika va suv resurslari vazirligi, Investitsiyalar va davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi ishtirokida Sho‘rob GES uchun texnik-iqtisodiy asosni tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Texnik-iqtisodiy asoslash 2024 yilga qadar tayyor bo‘lishi kutilmoqda.

Loyihaga ko‘ra Sho‘rob GES 862 MVt quvvatga ega bo‘lib, yillik ishlab chiqarish 3,2 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tashkil etadi. To‘g‘onning taxminiy balandligi - 83 metr, suv ombori hajmi - 77 million kubometr. Yangi gidroelektrostansiya Dushanbedan 110 kilometr sharqda qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaning taxminiy qiymati 1 milliard dollarni tashkil etadi.

Sho‘rob GESi Vaxsh daryosidagi to‘qqiz gidroelektrostansiyadan iborat sakkizinchi bosqich bo‘ladi. Ularning yettitasi to‘liq qurilgan - Nurek GESi, Baypazinsk, Sangtuda-1, Sangtuda-2, Golovnaya, Perepadnaya va Markaziy. To‘qqizinchi bosqich - Rog‘un GESi qisman ishga tushirilgan bo‘lsa ham, qurilishi davom etmoqda. 

Birinchi gidroelektrostansiya 2018 yil 16-noyabr kuni ishga tushirildi. U 80 MVt elektr energiyasini ishlab chiqaradi. Ikkinchi blok hali ham sinov rejimida ishlayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston GES

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing