Tojikiston vakili qirg‘iz-tojik chegarasida nega o‘q uzganini tushuntirdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, qirg‘iz-tojik chegarasida qurol ishlatish bilan bog‘liq hodisa sodir bo‘lgani haqida xabar bergandik. Tojikiston chegarachilari havoga o‘q uzgani aytilgandi.  

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari holatga izoh berib, chegarachi qirg‘iz chegara hududining agressiv aholisini havoga o‘q uzish bilan to‘xtatganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS Tojikiston Chegara qo‘shinlari bayonotiga tayanib xabar berdi. 

Ta’kidlanishicha, ikki tomon chegarachilari hodisani birgalikda tekshirishga kelishib olgan. 

Bayonotda aytilishicha, joriy yilning 16 dekabr kuni tojik-qirg‘iz chegarasida qirg‘izistonliklar va tojik chegarachilari o‘rtasida mojaro sodir bo‘lgan. Tojikiston chegara posti boshlig‘i buni to‘xtatish uchun havoga ikki marta o‘q uzgan. 

“Voqea joyiga yetib kelgan tomonlarning vakillari voqeani birgalikda tekshirishga kelishib oldilar”, deyiladi xabarda. 

Matbuot markazi xabariga ko‘ra, shu kuni tojik chegarachilari Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan noqonuniy qurilish faktini qayd etgan. Bu masalani hal qilish uchun Tojikiston tomoni chegara posti boshlig‘i qirg‘izistonlik hamkasbi bilan uchrashgan, biroq Qirg‘iziston fuqarolari tojik chegarachilariga tosh otishni boshlagani va hujumga o‘ta boshlagani sababli uchrashuv to‘xtatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, olomonni to‘xtatish maqsadida Tojikiston chegara posti boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq havoga ikki marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasi vaqti-vaqti bilan mahalliy aholi va ikki davlat chegarachilari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar hududiga aylanib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston otishma

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing