Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Olam

image

Joriy yilning 8 may kuni Tojikiston Bosh prokurori Rahmon Yusuf Ahmadzoda va AQSH elchisi Manuel Mikaller o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasi xabar berdi.

Uchrashuvda har ikki davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi chaqiriq va tahdidlar to‘g‘risida axborot almashish, ikki davlat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, zo‘ravonlik va ekstremizm ko‘rinishlarining oldini olish va terrorizm, kiberjinoyatlar, transmilliy uyushgan jinoyatlarga qarshi kurashish masalalari muhokama qilingan.

Shu bilan birga, uchrashuv chog‘ida Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti o‘rtasida terrorchilar harakatini tartibga solish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarni taqqoslash va baholash tizimini (PISCES) joriy etish to‘g‘risida memorandum imzolangan.

Bu tizim keng qamrovli texnologik kuzatuv orqali terrorchilar harakatini kuzatib borishi hamda ularni qo‘lga olish va hibsga olishda yordam berishi mumkin.

Shuningdek, tomonlar turli sohalarda ikki tomonlama huquqiy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Manuel' Mikaller

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing