Tojikiston O‘zbekistonga toshqin oqibatini bartaraf etish uchun yordam jo‘natdi
Jamiyat
−
21 may 2020 11466 1 daqiqa
Tojikiston hukumati suv toshqini oqibatlarini bartaraf qilish uchun Sirdaryo viloyatiga 51 vagon qurilish materiallarini jo‘natdi.
51 vagondan iborat yordam yuki asosan sement, shifer, bo‘yoq, mix va boshqa qurilish materiallaridan tashkil topgan.
Yordam Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqini yetkazgan zararni tiklash uchun yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryodagi ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun Qirg‘iziston hukumati ham yordam yuki jo‘natgandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust