Tojikiston O‘zbekiston aviaqatnovlarni tiklash imkoniyatini ko‘rib chiqyapti

Olam

image

Tojikiston Hukumati O‘zbekiston bilan muntazam aviaqatnovni tiklash masalasini ko‘rib chiqyapti. Bu haqda Tojikiston fuqaro aviatsiyasi agentligi boshlig‘i Ikrom Subxonzoda ma’lum qildi.

“Hukumat Dashunbe va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaaloqani ochish masalasini ko‘rib chiqyapti”, degan Subxonzoda.

Tojikiston hozircha Dushanbe-Urumchi yo‘nalishida parvozlarni tikladi. Parvozlar sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.

“Yo‘lovchilar sonidan kelib chiqib Dushanbe-Urumchi yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys ikki haftada bir marta Tojikistonning Somon Air va Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi”, degan Subxonzoda. 

Yo‘lovchilardan so‘nggi 72 soat ichida topshirilgan va manfiy natijaga ega PZR test natijasini ko‘rsatish talab etiladi.

Parovzlar oktyabr oyi o‘rtalaridan boshlanishi rejalashtirilgan, ammo aniq sana noma’lum.

Bundan tashqari, 8 oktyabrdan Dushanbe-Istanbul yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish boshlanadi. Bu yo‘nalishda hafatsiga ikki marta samolyot qatnaydi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Tojikiston aviaqatnov

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing