Tojikiston termasi ustozi taqdirlandi
Sport
−
07 fevral 2024
11128Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi, xorvatiyalik mutaxassis Petr Segrt mamlakat terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tgan 2023 yilgi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etgani uchun, “Tojikistonning oliy toifali futbol murabbiyi” unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Tojikiston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, unvon murabbiyga Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi yoshlar va sport ishlari qo‘mitasi raisi Zulfiqor Gulahmadzodaning buyrug‘i bilan berilgan.
Qayd etish joiz, o‘z tarixida birinchi marta Osiyo kubogida ishtirok etgan Tojikiston terma jamoasi musobaqaning chorak finaliga qadar yetib bordi. Petr Segrt shogirdlari guruh bosqichida Xitoy bilan durang o‘ynadi (0:0), Qatarga yutqazdi (0:1), Livanni mag‘lub etdi (2:1). Musobaqaning 1/8 finalida BAA termasini penaltilar seriyasida dog‘da qoldirdi, chorak final bosqichida esa Iordaniya terma jamoasiga (0:1) mag‘lub bo‘ldi.
LiveBarchasi