Tojikiston Prezidentiga qanday suiqasd qilingan edi? Noyob kadrlar e’lon qilindi

Olam

Tojikistonlik jurnalist Nilufar Aziz 1997 yilning 30 aprel kuni Xo‘jand shahrida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning hayotiga oid suiqasdga bag‘ishlangan 12 daqiqalik "Durbini haqiqat" ("Haqiqat kamerasi") hujjatli filmini e’lon qildi. Unda oldin ko‘rsatilmagan videotasvirlaridan foydalanilgan.

Ushbu kadrlar Prezidentning matbuot xizmati va xavfsizlik xizmatlari arxividan olingan va birinchi marta e’lon qilinmoqda.

Nilufar Aziz o‘z filmida Xo‘janddagi suiqasd paytida Prezidentning hayotini Yoqub Salimov (o‘sha paytda tojik bojxona boshlig‘i) emas, balki davlat rahbarining o‘zgarmas bosh qo‘riqchisi Murod Saidov saqlab qolganini ta’kidlaydi.

1997 yilning bahorida Xo‘janddagi “Kamol” teatrida qurol, granatalar va portlovchi moddalar yordamida davlat rahbariga suiqasd qilinadi. Ushbu hodisada Prezident Imomali Rahmon va Yoqub Salimov bilan birga 50 dan ortiq odam jarohatlangan. Ammo oyog‘idan jarohat olgan Prezident shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan qisqa tekshiruvdan so‘ng, yarim soatdan keyin teatr zaliga qaytib chiqadi va tomoshabinlarga murojaat qiladidi, deydi Nilufar Aziz filmda.

Shuningdek, haftalik chop etiladigan “SSSR” nashri ham 1997 yilda Xo‘jandda Prezidentning hayotini Yoqub Salimov emas, Murod Saidov saqlab qolganini yozdi.

Yoqub Salimov qamoqda bo‘lganida, Prezidentga qilingan suiqasd paytida uni tanasi bilan o‘rab olganida jarohat olganini va bu yaraning parchalari hanuzgacha uning tanasida ekani va qiynoqqa solinayotganini aytgan.

Prezidentning hayotiga suiqasd uyushtirishda bir necha kishi ayblangan, jumladan “Tayson” laqabli sobiq sportchi Xurshed Abdushukurov va Tojikiston sobiq Bosh vaziri Abdumalik Abdullodjanovning ukasi Abdullo Abdullajonov ham. “Tayson” suiqasd paytida o‘ldirilgan. Abdulladjanovning ukasi va Firdavs ismli yana bir kishi esa o‘limga hukm qilingan.

Murod Saidov Prezidentga sodiq xizmat qilgan yillar davomida general-leytenant unvoniga sazovor bo‘ldi va hozirda Prezident xavfsizlik xizmatining boshlig‘i bo‘lib ishlab kelmoqda. U Tojikistonning amaldagi hukmron doiralaridagi eng obro‘li odamlardan biri hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

2180

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing