Tojikiston Prezidenti oilasida yana bir Imomali Rahmon tug‘ildi

Olam

image

Tojikiston Respublikasining uchinchi Prezidenti Imomali Rahmonning to‘ng‘ich o‘g‘li Rustam Imomali o‘zining uchinchi farzandiga uning bobosi sharafiga Imomali deb ism qo‘ydi. Bu haqda CA News nashri ma’lum qilmoqda.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq 31 yoshli Dushanbe shahri meri Rustam Imomalining ikkinchi o‘g‘li hisoblanadi. Chaqaloq xuddi bobosi kabi Imomali Rahmon deb chaqiriladi. Rustamning birinchi o‘g‘liga Anushervon ismi qo‘yilgan edi.

Ma’lumot uchun, Prezident Imomali Rahmon 9 nafar farzandning otasi hisoblanadi. Ularning 7 nafari qiz (Feruza, Ozoda, Taxmina, Parvina, Ruhshona, Zarina, Farzona) va 2 nafari o‘g‘il (Rustam, Somon). Imomali Rahmonning katta farzandi Feruza 44 yoshda, eng kichik farzandi Somon esa 20 yoshda.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, ko‘plab tojikistonlik mahalliy aholi vakillari ham chaqaloqqa ism qo‘yishda Imomali Rahmon ismidan tez-tez foydalanib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Imomali Rahmon

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing