Tojikiston Prezidenti layk uchun odamlarning ta’qib qilinishini qoraladi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon huquq-tartibot xodimlarini ijtimoiy tarmoqlarda layk bosgani uchun fuqarolarni ta’qib qilish amaliyotini to‘xtatishga chaqirdi. U bu haqda kecha, 29 oktyabr kuni Dushanbeda yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash davlat muassasasining ochilish marosimida so‘z ochgan.

Tojikiston rahbari huquq-tartibot idoralari vakillariga murojaat qilib, ular faoliyatida salmoqli natijalar bilan bir qatorda ko‘plab kamchiliklar ham borligini ta’kidlagan.

“So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlardagi layk va izohlar uchun fuqarolarga nisbatan asossiz ravishda jinoyat ishlari qo‘zg‘atilmoqda, bu esa ularning asossiz ta’qib qilinishiga sabab bo‘lmoqda”, degan Tojikiston yetakchisi.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi fuqarolar tarqatilayotgan materiallar va videolarga layk bosib, buning oqibatida juda katta qiyinchiliklarga duch kelayotganini dalil sifatida qabul qilganini qo‘shimcha qilgan Rahmon bu harakatlarga chek qo‘yish kerakligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing