Tojikiston Navro‘zda teraktda gumonlanganlar qo‘lga olinganini rad etdi

Olam

image

Avvalroq, Tojikistonning “Asia-Plus” portali Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi manbasiga tayanib, xavfsizlik organlari Dushanbe va Vahdat shahrida Navro‘z bayrami tadbirlari vaqtida teraktlar uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan 15 nafar shaxsni hibsga olganini xabar qilgandi. Endilikda Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi buni rad etdi.

“Ayrim mustaqil deb ataluvchi ommaviy axborot vositalari vaziyatni buzib ko‘rsatmoqda va Navro‘z bayrami arafasida fuqarolarning terroristik harakatlar sodir etishga uringani uchun hibsga olingani haqida turli tekshirilmagan va provokatsion ma’lumotlarni tarqatmoqda. Biz bu xabarlar haqiqatga mos kelmasligini ta’kidlaymiz”, deyiladi qo‘mita matbuot markazi xabarida.

Qayd etish joizki, oldinroq “Asia-Plus” nashri huquq-tartibot idoralaridagi manbasiga tayanib, Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl”dagi teraktda gumonlanuvchilar bilan aloqadorligi va ISHID bilan hamkorlik qilgani uchun Vahdatda 9 nafar fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar bergan.

Bundan tashqari, "Reuters” agentligi Tojikiston xavfsizlik xizmatidagi uchta manbaga tayanib, 26 mart kuni rossiyalik tergovchilar "Krokus Siti Holl"dagi hujumda gumon qilingan to‘rt kishining oila a’zolarini so‘roq qilish uchun Tojikistonga yetib kelganini yozdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikistondan Rossiyaga chiptalar savdosi kamaygani, shuningdek, "Krokus"dagi teraktdan keyin sotib olingan chiptalarning qaytarilishi kuzatilayotgani aytilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston terakt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing