Tojikiston mustaqillik kuniga tayyorlanyapti

Olam

image

Tojikistonda mustaqillik bayrami arafasida Kulobda “marsh mashqlari”ga har kuni 7 mingga yaqin kishi chiqmoqda. Ular asosan talabalar va davlat muassasalarining xodimlaridir.

Xatlon viloyati ma’muriyatining madaniyat boshqarmasidagi manbaning aytishicha, 7 mingga yaqin kishi Imomali Rahmonning viloyatga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga jalb qilingan. “Namoyishda ularning hammasiga ma’lum rol berilgan. Masalan, bitta guruh Rog‘un GESi qurilishi va “chiroq” berilayotganini aks ettirishi kerak”, deydi manba.

Kulob davlat universiteti prorektori Hotamshoh Nazarovga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalaridan “marshirovka”larga 3 ming 200 talaba jalb qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, Tojikistonda mustaqillik bayrami 9 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston mustaqillik

Baholaganlar

56

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing