Tojikiston Mudofaa vazirligi Afg‘onistondagi halokatli vaziyatni e’lon qildi
Olam
−
24 Oktabr 2021
11794Afg‘onistonda halokatli vaziyat yuzaga kelmoqda: qonuniy va inklyuziv hukumatning yo‘qligi, davlat hokimiyatining amaldagi mexanizmlari, inson huquqlarining muntazam ravishda buzilishi. Bu haqda Tojikiston Mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo KXSHT mashg‘ulotlarining yopilish marosimida gapirdi.
“Afg‘onistonda halokatli vaziyat yuzaga kelmoqda: qonuniy va inklyuziv hukumatning yo‘qligi, davlat hokimiyatining amaldagi mexanizmlari, inson huquqlarining muntazam ravishda buzilishi. Bu omillar Afg‘onistonni gumanitar falokat yoqasiga olib keldi, uning yanada mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikka jiddiy tahdid soladigan xalqaro terrorizm o‘chog‘iga aylanishiga xizmat qilmoqda”, degan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro koalitsiya qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan olib chiqib ketilishi va hukumat kuchlarining butun mamlakat hududi ustidan mustaqil nazoratni qo‘lga kirita olmagani bilan bog‘liq so‘nggi oylarda sodir bo‘lgan voqealar terrorchilik faolligining oshishiga, harbiy-siyosiy vaziyatning butunlay tanazzulga uchrashiga olib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-23 oktyabr kunlari Tojikistonda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) qo‘shma tezkor-strategik mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar Tojikiston Qurolli Kuchlarining “Momirak” va "Harbmaydon" poligonlarida bo‘lib o‘tgan.
LiveBarchasi