Tojikiston MDHning mualliflik huquqiga oid bitimini ratifikatsiya qildi

Olam

image

Tojikiston parlamenti quyi palatasi (Majlisi Namoyandagon) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlarning 2021 yilda imzolangan Internet tarmog‘ida mualliflik huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi bitimini ratifikatsiya qildi. Bu haqda parlament palatasining qarorida aytiladi. 

“2021 yil 12 noyabrda Minsk shahrida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar o‘rtasida axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida mualliflik va turdosh huquqlar ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilinsin”, deyiladi respublika huquqiy axborot bankida e’lon qilingan hujjatda.

Hujjatda, shuningdek, Tojikiston hukumati MDH Ijroiya qo‘mitasini respublika kelishuv kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan tartib-qoidalarni bajarganligi to‘g‘risida xabardor qilishi kerakligi qayd etilgan. 

Bitim axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan internet tarmog‘ida mualliflik va turdosh huquqlar ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning buzilishiga qarshi kurashish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishga qaratilgan. Raqamli muhitda intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda umumiy yondashuvlarni belgilaydi. Tomonlarning o‘zaro hamkorligi MDH doirasida intellektual mulkni huquqiy qo‘riqlash va himoya qilish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan muvofiqlashtiriladi. 

Kelishuv joriy yilning may oyida Qozog‘iston tomonidan ratifikatsiya qilingan bo‘lsa, 2022 yil oktyabr oyida hujjat O‘zbekistonda ham tasdiqlangani xabar qilingan edi. O‘sha yilning sentyabr oyida u Rossiya uchun kuchga kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Tojikiston Mualliflik huquqi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing