Tojikiston koronavirus ustidan g‘alaba qozondi – Rahmon

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon mamlakatda koronavirus infeksiyasi ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi. 

"Hozir Tojikistonda koronavirus yo‘q, biz uni butunlay yo‘q qildik", degan u. 

Shu bilan birga, davlat rahbari odamlar xavfsizlik choralariga rioya qilishda davom etishlari shartligini eslatgan. 

Unga ko‘ra, Tojikiston Hukumati 2020 yilda sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha ravishda 1,6 milliard somoniy (145 million dollardan ortiq) mablag‘ ajratgan va mamlakatda 30 ga yaqin yangi shifoxonalar zudlik bilan foydalanishga topshirilgan.

Shuningdek, Rahmon infeksiya yuqtirgan bemorlar uchun 7 mingdan ortiq yangi shifoxona yotoqlari tashkil etilganini qo‘shimcha qilgan. 

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda 15 kundan beri koronavirus bilan bog‘liq yangi holatlar aniqlanmayapti.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing