Tojikiston qamoqxonasida isyon ko‘tarildi. 3 nazoratchi va 29 mahbus o‘ldirildi

Olam

image

Joriy yilning 19 may kuni kechqurun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridan 15 kilometr janubi-sharqda joylashgan Vaxdat shahridagi qattiq rejimdagi koloniyada yuz bergan g‘alayon oqibatida uch nafar qo‘riqchi va 29 nafar mahbus halok bo‘lgan. Bu haqda Tojikiston adliya vaziri o‘rinbosari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i Mansurjon Umarov RIA Novosti’ga xabar qilgan.

“G‘alayon davomida koloniyaning uch nafar nazoratchisi va 29 nafar mahbus o‘ldirildi. Shu bilan birga, ularning sakkiz nafari mahbuslarning o‘zi tomonidan o‘ldirilgan”, deb aytib o‘tdi Umarov.

Tojikiston Adliya vazirligi xabar berishicha, 19 may kuni soat 20:30da Vaxdat shahridagi 3-sonli qattiq tartibli koloniya – “G‘isht zonasi”da mahbuslar tomonidan g‘alayon keltirib chiqarilgan.

“Adliya vazirligining Jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasiga qarashli, Vaxdat shahridagi 3/2-sonli axloq tuzatish koloniyasida bo‘lgan ISHID terrorchilik tashkilotining 30 nafar o‘ta xavfli tarafdori pichoq va tig‘li buyumlar bilan qurollanib koloniya 3 nafar xodimini garovga olishdi va o‘ldirishdi. Ular qamoqxonadan qochishga urinishgan”, - deyiladi matbuot uchun xabarnomada.

Ma’lumot uchun, bu koloniya Tojikiston Adliya vazirligining Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tasarrufiga kiradi va unda qariyb 1500 mahbus saqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing