Tojikiston chegaradagi keskinlik bo‘yicha Qirg‘izistonga javob qaytardi

Olam

image
0:00
0:00
download
Qirg‘iz-tojik mojarosi Putin emas, Mirziyoyevning aralashuvi bilan barham topgani aytildi north_east

Qirg‘iz-tojik mojarosi Putin emas, Mirziyoyevning aralashuvi bilan barham topgani aytildi

Avvalroq Qirg‘iziston-Tojikiston davlat chegarasida vaziyat keskinlashganini haqida xabar bergan edik. Bunda Qirg‘iziston tomoni ilgari erishilgan bitimga qaramay, Tojikiston harbiy xizmatchilari kelishuvni buzganini da’vo qilgandi. 

Unga ko‘ra, tojik tomoni bugun, 4 iyun kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Chon-Olay tumani “Unju-Bulak” davlat chegarasining ta’riflanmagan qismida harbiy konteyner o‘rnatgan.

Bunga javoban, Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari Matbuot markazi Qirg‘iziston tomoni tarqatgan bayonotning haqiqatga mos kelmasligini qayd etib, uni rad etgan.

Tojikiston tomoni vaziyatga quyidagicha izoh berdi:

“Tojikiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 986,7 km masofadagi davlat chegarasining 519, 9 km uzunlikdagi qismi hukumatlararo komissiya tomonidan delimitatsiya va demarkatsiya qilish orqali belgilangan. Ushbu hududda belgilanmay qolgan uchastkalardan biri — Shatti dovoni.

Tomonlar ushbu qismda davlat chegarasini kesib o‘tish chizig‘ini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib olgan va o‘z takliflarini taqdim etadi. Hukumatlararo komissiya doirasidagi kelishuvga binoan, alohida chegara punktlari tavsiflangan.

Shu munosabat bilan, ayni paytda Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegarachi otryadlari tojik-qirg‘iz davlat chegarasining kelishilgan o‘tish chizig‘i bo‘ylab himoya ishlarini olib bormoqda.

O‘zaro kelishuvga binoan, chegara postini o‘rnatish amalga oshirilyapti. Boshqa tomondan, Karamik dovoni qismida Qirg‘iziston Respublikasining tegishli infratuzilmaga ega bo‘lgan chegara posti tashkil etilgan.

Ushbu joylashuv delimitatsiya, demarkatsiya va uni qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni tugaguniga qadar ikki qo‘shni davlat chegarasini himoya qilishda asosiy vazifani ta’minlaydi”.

Qayd etilishicha, Tojikiston tomoni delimitatsiya va demarkatsiya jarayonini tez kunlarda yakunlash uchun ikki tomonning topografik ishchi guruhlariga ushbu qismda davlat chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash ishlarini davom ettirish bo‘yicha ko‘rsatma berish borasida taklif bergan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi. 

1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

140

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing