Tojikiston Afg‘onistongacha temiryo‘l quradi

Olam

image

Tojikiston va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) “Jaloliddin Balxiy - Panji Poyon” temiryo‘li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar bayonnomasini imzoladi. Bu haqda Tojikiston Transport vazirligi xabar berdi

Vazir Azim Ibrohim ushbu loyihaning asosiy maqsadi Janubiy Osiyo davlatlari – Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston bozoriga chiqish hamda mintaqaviy savdoni rivojlantirishga qaratilganini bildirdi. Uning aytishicha, qurilgan yo‘llarni yaxshi holatda saqlash, yuklarni kamaytirish avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakatini osonlashtiradi.

“Agar ushbu loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Tojikiston jozibador temiryo‘l tranzitiga ega mamlakatga aylanadi, qo‘shni davlatlar bilan yuk va mahsulotlar tashish hajmi ortadi. Bu esa Tojikiston va boshqa mintaqa davlatlari uchun juda foydali bo‘ladi”, degan vazir.

Janubiy Koreyaning Tojikistondagi elchisi vazifasini bajaruvchi Kim Jun-Sik ushbu loyiha Tojikistonning ilg‘or kelajagi sari yana bir qadam ekanini aytgan.

“Ushbu loyiha Janubiy Koreyaning Markaziy Osiyoda temiryo‘l qurish bo‘yicha birinchi loyihasidir. Bu Tojikistonga dengizga chiqish imkonini beradi va xalqaro yuk tashishning asosiy bo‘g‘iniga aylanadi”, deydi u.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishning kutilayotgan qiymati 4 million dollar. Afg‘oniston chegarasigacha loyihalashtirilayotgan temiryo‘lning uzunligi 51 kilometrga yaqin bo‘lib, shuningdek, turli o‘lchamdagi 28 ta ko‘prik va 160 ta drenaj tizimi quriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rasmiy Toshkent “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li loyihasi uchun 255 million dollar ajratishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Tojikiston “Jaloliddin Balxiy - Panji Poyon” temiryo'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing