Tojikiston afg‘on terrorchilari chegaradan bostirib kirganini e’lon qildi

Jamiyat

image

Bugun, 26 aprel kuni ertalab Afg‘onistondan ikki nafar terrorchi Tojikiston hududiga kirib kelgan. Hodisa Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Vanj tumanida sodir bo‘lgan. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib, “Sputnik Tadjikistan” xabar berdi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qoidabuzarlar yo‘q qilingan. Voqea joyidan Kalashnikov avtomatlari va xorijda ishlab chiqarilgan to‘pponchalar, qo‘l granatalari, maxsus aloqa vositalari va 19 o‘ram portlovchi moddalar topilgan.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilarning Tojikiston hududiga kirishdan maqsadi terrorchilik harakatini amalga oshirish bo‘lgan. Operatsiya davomida tinch aholi va huquq-tartibot idoralari xodimlari jabrlanmagan.

“Ayni paytda terrorchilar va ularning sheriklarini aniqlash maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston terrorchi Tog'li Badaxshon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing