Tojikiston aholisi ko‘paydi

Olam

image

2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, Tojikiston aholisi 10,6 million kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat Statistika agentligiga tayanib, “Asia-Plus” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida aholining soni 2,1 foizga ko‘paygan. 2024 yilning shu davriga nisbatan tabiiy o‘sish 2 foizni tashkil etib, 98,9 ming kishiga (har 1000 kishiga 18,8) teng bo‘lgan. 

Yanvar–iyun oylarida 116,2 mingta yangi tug‘ilgan chaqaloq va 17,2 mingta vafot etgan fuqaro qayd etilgan. Ularning orasida bir yoshga to‘lmagan 800 bola ham bor.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, umumiy tug‘ilish ko‘rsatkichi 22,1, o‘lim darajasi esa 3,3 ni tashkil etgan (har 1000 kishiga). 2025 yilning birinchi yarmida respublikada qayd etilgan tug‘ilishlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yilning yanvar-iyun oylarida tug‘ilishi kamayib, vafot etish soni o‘sgandi. Tug‘ilganlar soni 405,5 ming kishini tashkil etgan. Bu esa 2024 yilning mos davriga nisbatan 14,4 ming nafarga kamayganini ko‘rsatadi. 


Maqola muallifi

Teglar

aholi Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing