Tojikiston ham AQSHda o‘tadigan sammitga taklifnoma oldi

Olam

image

Tojikiston Markaziy Osiyo davlatlari va AQSH rahbarlari bilan C5+1 formatidagi uchrashuvga taklif qilindi, biroq bu borada hali bir qarorga kelinmagan. Bu haqda bugun, 30 avgust kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sodiq Imomiy ma’lum qildi.

“AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvga kelsak, ha, biz tegishli taklifni oldik. U ko‘rib chiqilmoqda, hozircha qaror qabul qilingani yo‘q”, degan Sodiq Imomiy jurnalistlar savoliga javob berar ekan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 22 avgust kuni Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin Dushanbeda AQSH Senati Milliy xavfsizlik va hukumat ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Gari Piters bilan uchrashgan. Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlar muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 23 avgust kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, 25 avgustda esa O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Gari Pitersni qabul qilgandi. 11 avgust kuni Jo Bayden O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, sentyabr oyida Nyu-Yorkda C5+1 formatidagi sammitda qatnashishga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tojikiston N'yu-York Markaziy Osiyo C5+1

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing