Tojik-qirg‘iz mojarosidan so‘ng, Sadir Japarov ilk bor Imomali Rahmon bilan uchrashdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 29 iyun kuni Dushanbeda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sadir Japarovning korteji Dushanbedagi “Millat saroyi” tomon yo‘l olgan. “Millat saroyi”da Sadir Japarovni Imomali Rahmon kutib olgan.

Aytib o‘tish joizki, Sadir Japarov va Imomali Rahmon o‘rtasida uchrashuvlar 28-30 iyun kunlari yuzma-yuz Dushanbeda bo‘lib o‘tadi. Yuzma-yuz uchrashuvdan so‘ng ikki davlat rahbarlari keng formatda uchrashuvlarni davom ettirishadi.

Tojikistonda davlat rahbarlari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Sadir Japarov tojik-qirg‘iz mojarolaridan so‘ng birinchi marotaba Tojikistonga borishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 28 aprel kuni Qirg‘izistonning Botken viloyati Ko‘k-Tosh qishlog‘i yaqinidagi “Golovnoy” suv olish joyidagi davlat chegarasining qirg‘iz-tojik qismida ikki mamlakat mahalliy aholisi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. 29 aprelda Qirg‘iziston va Tojikiston xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylandi. Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken va Laylak tumanlarida otishmalar 30 aprel va 1 may kunlari davom etdi. 

1 may kuni tomonlar otishmani to‘liq to‘xtatish va chegaradan kuchlarni olib chiqib ketish to‘g‘risida kelishib olishga muvaffaq bo‘ldi. Xuddi shu kuni tojikistonlik harbiylar Qirg‘iziston hududidan chiqib ketdi.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing