Tojik-qirg‘iz mojarosi: Otunbayeva otishmalarga tashqi kuchlar aloqadorligini aytmoqda

Olam

image
O‘sh voqealari, Karimov va Otunbayeva. O‘zbeklar qirg‘ini qanday ro‘y bergandi? north_east

O‘sh voqealari, Karimov va Otunbayeva. O‘zbeklar qirg‘ini qanday ro‘y bergandi?

2010 yilda Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida yuz bergan voqealar vaqtida mamlakat Prezidenti bo‘lgan Roza Otunbayeva vatandoshlariga murojaat yo‘lladi. Murojaat "AKIPress" nashrida e’lon qilindi.

“Qadrdon vatandoshlarim bugun boshimizga og‘ir sinov tushdi. Vatanimiz yaxlitligiga tahdid paydo bo‘ldi. Yerlarimizga bosqinchilar bostirib kirdi, uylarni yoqishdi, odamlarimiz qonini to‘kishdi. Yaqinlarini yo‘qotganlarga qalbimda chuqur qayg‘u bilan hamdardlik bildiraman. Bardam bo‘ling! Sizlarning qayg‘uingiz butun qirg‘iz xalqining yo‘qotishi. Sizlar yolg‘iz emassiz, biz, butun Qirg‘iziston siz bilan”, degan sobiq Prezident xalqqa yo‘llagan murojaatida.

Roza Otunbayeva Prezident Sadir Japarov, harbiylar, shuningdek, diplomatlar barcha choralarni ko‘rayotganiga ishontirgan.

“Vaziyat bugun ham og‘ir bo‘lib qolmoqda. Hamon dushmanlik olovi kuchayish va to‘qnashuvlar boshlanish xavfi saqlanib qolyapti. Shu munosabat bilan, sizlarni ogoh bo‘lishga, birlikni yo‘qotmaslikka va sabrli bo‘lishga chaqiraman”, degan sobiq davlat rahbari.

Otunbayeva odamlardan bir-biriga yordam berishni so‘rab, ko‘plab tadbirkorlar, birlashmalar, alohida faollar, jamoat tashkilotlari, shu jumladan, uning fondi ham Botkenga insonparvarlik yordami jo‘natganini qo‘shimcha qilgan.

“Otishmalar to‘xtatilishi bilan davlat hisobiga barcha yonib ketgan binolarni tiklashimiz kerak, birinchi navbatdan uylarni. Bizning Botken, albatta, rivojlanishi kerak”, deydi Otunbayeva.

U so‘zida davom etib, yuz bergan to‘qnashuvlar davlatlararo xarakterga ega ekanini, voqealar xalqaro munosabatlar bilan aloqadorligini ta’kidladi.

“Vaziyat keskinlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha so‘zi va harkatlarida juda ehtiyotkor bo‘lishi kerak. Sodda qilib aytganda ko‘plab murakkab masalalarni tomonlar bilan yopiq eshiklar ortida, ishonchli muhitda muhokama qilish va qaror chiqarish kerak. Hozir mamlakat rahbariyati, hukumat va diplomatik korpus to‘liq samaradorlik bilan ishlamoqda. Men ham o‘z tajribamdan kelib chiqib, yordam beryapman”, degan Otunbayeva.

Sobiq Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, yuzaga kelgan vaziyatni tugatish ustida ishlar olib borilyapti, barcha muhim ma’lumotlar BMT boshliq xalqaro tashkilotlarga taqdim etilyapti.

“Bu yerlarda ming yildan beri yashab kelayotgan qo‘shni davlatlarning mojarolari chetdan kelgan kuch tomonidan bir kunda hal bo‘ladi deb ishonayotganlar adashyapti. Biz bir-birimizni diqqat va sabr bilan tinglab, hissiyotga berilmasdan, ko‘p asrlik do‘stligimizga suyanib kelishuvga erishishimiz mumkin”, deydi Otunbayeva muammoning yechimi haqida gapirib.

Shu sababdan sobiq Prezident tomonlarni o‘zaro muloqotda o‘ylamasdan qat’iy talab qo‘yish, noto‘g‘ri mulohazalardan saqlanishga chaqirgan.

Avvalroq Qirg‘izistonni 2010-2011 yilllarda vaqtincha boshqargan sobiq Prezident Roza Otunbayeva Prezident Sadir Japarov va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyevga qora qutini (2010 yilning aprel-iyun oylarida Qirg‘izistonda yuz bergan voqealar nazarda tutilgan – tahr.) ochmaslik haqida maslahat bergandi.

Otunbayevaga ko‘ra, 2010 yil 7 aprel kuni Qirg‘izistonda yuz bergan inqilob mamlakatning o‘sha vaqtdagi Prezidenti Kurmanbek Bakiyev olib borgan adolatsiz siyosatning mevasi edi.


Maqola muallifi

Teglar

Roza Otunbaeva

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made