Tojik-qirg‘iz chegarasining yana bir qismida otishma bo‘ldi
Olam
−
14 Sentabr 2022
4675Bugun, 14 sentyabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasining yana bir uchastkasida chegarachilar o‘rtasida otishma yuz berdi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara xizmati xabar berdi.
“2022 yil 14 sentyabr kuni Botken tumanining Kak-Say hududida Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari chegarachilari Botken chegara otryadining “Do‘stuk” posti chegarachilariga qarata o‘t ochdi. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara xizmati chegarachilari javoban o‘q uzgan”, deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston tomonining ma’lum qilishicha, 14 sentyabr kuni tojik chegarachilari Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumanining Buloq-Bashi hududidagi chegaraning belgilanmagan qismiga ham kirib, “jangovar pozitsiyalarini egallagan”. Qirg‘iziston harbiylarining hududni tark etish talabiga javoban Tojikiston chegarachilari o‘t ochgan, shundan so‘ng otishma boshlangan.
Qirg‘iziston tomonida ikki harbiy xizmatchi yaralangan.
Tomonlar vakillari o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish va vaziyatni tartibga solish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
LiveBarchasi