Tojik-qirg‘iz chegarasidagi otishma sababini o‘rganish boshlandi

Olam

image

Tojikiston shimolidagi So‘g‘d viloyatining Isfara shahri hududida Tojikiston va Qirg‘iziston vakolatli organlari vakillari uchrashuv o‘tkazdi, tomonlar ikki Respublika chegarasida yuzaga kelgan mojaro sabablarini o‘rganmoqda. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari matbuot markazining bayonotida aytiladi.  

“Hozirda Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegarasidagi vaziyat barqaror, ikki tomonning tegishli tuzilmalaridan iborat qo‘shma komissiya chegaradagi mojaroning sabablari va omillarini o‘rganmoqda”, deyiladi matnda. 

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tojik-qirg‘iz chegarasida kecha, 27 yanvar kuni boshlangan qurolli to‘qnashuvda ikki kishi halok bo‘lgani va o‘n nafar odam yaralangani haqida xabar bergan.

Avvalroq, qirg‘iz-tojik chegarasida harbiylar o‘rtasida otishma bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Keyinchalik, tojik-qirg‘iz chegarasi hududida otishma Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari va Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng to‘xtatilgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tojikiston Qirg'iziston

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing