Tojik-qirg‘iz chegarasida suv sabab nizo chiqdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikiston va Qirg‘iziston davlat chegarasi yaqinida ikki davlat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuz berdi. Hodisa Isfara shahridagi Xo‘jayi A’lo qishlog‘ida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Asia-Plus”.

Isfara shahri hokimligining ma’lum qilishicha, janjal suv taqsimoti ustida yuz bergan.

“Qirg‘iziston tomoni bir tomonlama ravishda Isfarinka daryosining asosiy suv taqsimlash inshooti joylashgan “Sharshara” degan joyda ko‘prik qurishni boshladi. Bu yerlar Tojikistonniki va shuning uchun aholi qarshi bo‘lgan. Natijada mojaro yuz bergan, ammo otishma bo‘lmagan. Hozir hudud bizning chegarachilarimiz nazoratida”, degan manba.

Har ikki tomon ham mojaroning yanada rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hodisa joyiga harbiylarni yuborgan.

Qayd etilishicha, hozir tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda, Isfara-Vorux yo‘lida transport harakati qisman cheklangan.

“Muzokaralar tugab, nizolar hal qilinguniga qadar biz o‘zimiz fuqarolarning xavfsizligi uchun Isfara-Vorux yo‘lida harakatlanishni cheklashga qaror qildik. Xavotirga o‘rin yo‘q”, degan manba.

Ayni vaqtda, Xo‘jayi A’lo qishlog‘i aholisi otishma bo‘lganini aytgan. Shuningdek, ma’lum vaqt Bo‘ston degan joyda ham suv bo‘lmay qolgan va bu ikki holat bir-biriga aloqador deb ko‘rilyapti.

Har ikki davlat rasmiy idoralari ham hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Tojikiston-Qirg'iziston

Baholaganlar

468

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made