Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma yuz berdi
Olam
−
14 Sentabr 2022
13274Bugun, 14 sentyabr kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasidagi buloq boshi aholi manzilgohida otishma yuz berdi. Unda ikki davlat chegarachilari qatnashdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston chegara otryadi “Tomonlar o‘rtasidagi oldingi kelishuvlarni buzgan holda, davlat chegarasining belgilanmagan qismida jangovar pozitsiyalarni egallagan” Tojikiston Chegara qo‘shinlarining chegara otryadini aniqlagan.
Qirg‘izistonning Botken viloyati ma’muriyatida ma’lum qilinishicha, ayni paytda ikki davlat chegarasidagi otishma to‘xtagan.
“Ayni vaqtda otishma to‘xtatilgan. Chegarachilar ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilar yo‘q. Chegaraning boshqa uchastkalari tinch”, degan ma’muriyat vakili.
Rasmiylarga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyati gubernatori Abdikarim Alimboyev va Tojikistonning So‘g‘d viloyati rahbari Rajabboy Ahmadzoda chegaradagi vaziyatni muhokama qilishgan. Hozirda ikki davlat chegara xizmatlari vakillari aloqada bo‘lib, restavratsiya ishlarini olib bormoqda.
LiveBarchasi