Tojik-qirg‘iz chegarasida qurolli mojaro yuz berdi
Olam
−
03 Sentabr 2019 6528 1 daqiqa
Kecha, 2 sentyabr kuni qirg‘iz-tojik davlat chegarasida yuz bergan mojaro vaqtida Tojikiston chegarachilari havoga ogohlantiruvchi o‘q uzdi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qirg‘izistonning Botken viloyati Botken tumani Oqsoy qishlog‘i yaqinida Oqsoy daryoning qirg‘iz hududi hisoblanuvchi qismidan avtomobillarga shag‘al ortayotgan bo‘lgan.
Shu vaqtda daryoning tojik hududi hisoblanuvchi sohiliga chegarachilar kelib, havoga 3 marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan. Hodisada qurbonlar va jabrlanganlar bo‘lmagan.
Mojaro sabablarini o‘rganish va avj olib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Qirg‘iziston va Tojikiston chegara hududi vakillari uchrashib, muzokara o‘tkazdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025