Toj Mahal olti oy o‘tib eshiklarini ochdi
Olam
−
21 Sentabr 2020
3906Boburiylar davriga oid tarixiy durdona – Hindiston shimolidagi Agra shahrida qad rostlagan Toj Mahal olti oydan so‘ng yana turistlar uchun o‘z eshiklarini ochdi.
XVII asrda bunyod etilgan ushbu obida yangi koronavirus pandemiyasi sababli mart oyidan beri jamoat uchun yopiq qolayotgandi.
Majmuaga kirish cheklangan edi. Endilikda sayyohlar va ziyoratchilar sanitariya-epidemiologiya me’yorlariga rioya qilgan holda Toj Mahalga kirishi mumkin.
Agar ilgari Toj Mahalga kuniga 70 minggacha mehmon tashrif buyurgan bo‘lsa, hozirgi sharoitda bu ko‘rsatkich 5 minggacha kamaygan.
Toj Mahalni dunyoning yetti mo‘’jizasidan biri deb atashadi. Mashhur majmua UNESCO’ning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
LiveBarchasi