Toj Mahal noma’lum muddatgacha sayyohlar ko‘zidan “berkitildi”

Olam

image

Hindistonning Agra shahri rasmiylari mamlakatda koronavirus bemorlari soni keskin ko‘paygani sababli Toj Mahal va shaharning boshqa yodgorliklarini ziyorat uchun ochmaslikka qaror qildi.

Mart oyi o‘rtalarida Hindiston rasmiylari koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakat bo‘ylab 3,4 mingdan ortiq yodgorlikni yopgan edi. 2 iyul kuni Hindiston turizm va madaniyat vaziri Praxlad Singx Patel koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatda yopilgan barcha yodgorliklarni, shu jumladan, dunyoga mashhur Toj Mahal va Dehlidagi Qizil Fort xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda ochilishini e’lon qilgan edi.

"Ushbu yodgorliklarning ochilishi sayyohlarni jalb qiladi va koronavirusni yanada tarqalishiga olib kelishi mumkin. 5 iyul kuni COVID-19 bo‘yicha maxsus guruh va Hindiston arxeologik xizmati a’zolari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ayni paytda Agradagi yodgorliklarni ochmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilindi", deyiladi mahalliy hokimiyat bayonotida.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Hindiston koronavirusga chalinish holati bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinda bormoqda. Mamlakatda kasallanganlar soni 697 mingdan oshdi, 19 mingdan ko‘proq odam vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Hindiston Toj Mahal

Baholaganlar

64

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing