Toyloq tumani ham kirish va chiqish uchun yopildi

Jamiyat

image

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi chora sifatida bugun, 24 apreldan Samarqand viloyatining Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklandi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.

“Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga qaratilgan karantin tadbirlarini samarali tashkil etish maqsadida 2020 yil 24 aprel kuni soat 06:00 dan boshlab Toyloq tumaniga kirish va chiqish cheklanadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bugungacha Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlari hamda ba’zi tumanlar koronavirus sabab kirish va chiqish uchun yopilgan.

Ma’lumot uchun, Jomboy, Samarqand va Urgut tumanlari bilan chegaradosh bo‘lgan Toyloq tumanida 200 mingdan ko‘proq odam istiqomat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

453

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing