UzAuto Motors Rossiyada avtomobil zavodini ochmoqchi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2019
5091O‘zbekistonning UzAuto Motors kompaniyasi Rossiya bilan avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib boryapti. Ayni paytda muzokaralar faol bosqichda va uning natijalari yil yakunida e’lon qilinadi.
Ishlab chiqarish maydoni sifatida “Derveys” zavodi ko‘rilyapti, shuningdek, Sankt-Peterburgdagi GM zavodini sotib olish varianti ham bor.
Shu yil may oyida RFning Karayevo-Cherkassiya Respublikasidagi “Derveys” korxonasida Ravon avtomobillarini ishlab chiqarishni boshlash rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘lgandi.
Ilgari bu korxonada Xitoyning Lifan va Chery markalari yig‘ilgan. Ayni paytga kelib bu jarayon to‘xtatilgan. Zavod sertifikatlash protsedurasidan o‘tayotgani bunga sabab qilib ko‘rsatilgandi.
Sankt-Peterburgdagi zavod 2018 yil aprelida GM Uzbekistan hamda RF Sanoat va savdo vazirligi ushbu hududdagi GM maydoni bo‘yicha maxsus investitsiyaviy shartnoma imzolash masalasini ko‘rib chiqayotgani ma’lum qilingandi.
LiveBarchasi