“Tovoshuv” dovonida benzovoz va ikkita yengil mashina yonib ketdi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonning “Tovoshuv” dovonida benzin tashuvchi yuk mashinasi, Mercedes-Benz va Honda rusmli yengil mashinalar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Sputnik Kirgizstan” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bishkek-O‘sh yo‘nalishidagi trassaning “Tovoshuv” dovonidan o‘tgan qismida benzovoz va ikkita yengil mashina yonib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in benzovoz, Mercedes-Benz va Honda rusumli yengil mashinalar ishtirokidagi YTHdan keyin sodir bo‘lgan.

“Voqe joyida uch nafar qutqaruvchi va bir nafar o‘t o‘chiruvchidan iborat ekipaj ishlagan. Hodisa oqibatida to‘rt kishi jarohat olgan bo‘lib, hozirda ular Jayl tumani shifoxonasida davolanmoqda. Yong‘in to‘liq bartaraf etilgan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda bir oilaning 3 nafar a’zosi tiriklayin yonib ketgan edi. Shuningdek, Tojikistonning Xatlon viloyatida joylashgan Ko‘lob shahrida yuk mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 10 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Mercedes-Benz benzovoz Honda Tovoshuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing