Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi belgilab berildi
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
4284Hukumatning 2019 yil 13 dekabrdagi qarori bilan Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlash bu – O‘zbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish jarayonidir.
Sertifikat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan yoki eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham berilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ekspertizani o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi to‘laydi.
“To‘lov miqdori xizmat turiga qarab 1 sertifikat (ekspertiza dalolatnomasi/ekspert xulosasi) uchun ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi BHMga nisbatan 0,2 dan 1,9 gacha etib belgilandi”, - deyiladi xabarda.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi