“Tottenxem” stadioni nomini yirik texnologik kompaniyaga sotishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Tottenxem” klubi o‘z stadionining nomiga egalik qilish huquqlarini sotishi mumkin. Bu borada, dunyodagi eng yirik texnologiya kompaniyalaridan biri Google London klubi bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “The Athletic”  nashri yozmoqda.

Qayd etish kerakki, “Tottenxem Xotspur” stadioni 2019 yilda ochilgan. Arena o‘z bag‘riga 62 000 tomoshabinni sig‘dira oladi.

Ushbu kelishuvni Google'ni qiziqtirishi mumkin. Sababi London klubining stadionida nafaqat Angilya Premer ligasi va Yevropa Chempionlar ligasini, shuningdek, Amerikada birinchi raqamli sport turi bo‘lgan Amerikancha futbol (NFL – National Football League) bahslarini ham o‘zida qabul qiladi. 

Google sport sanoatiga faol sarmoya kiritmoqda. Joriy yilning mart oyida kompaniya “Formula 1”ning “McLaren” jamoasi bilan hamkorlikni boshladi. Shuningdek,  Google NBA (The National Basketball Association) va MLB (Major League Baseball) ligasining tijoriy hamkori hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Google “Tottenxem”

Baholaganlar

15

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing