“Tottenxem” Son bilan shartnomani uzaytirdi

Sport

image

Londonning “Tottenxem” klubi sardori Son Xyon Min jamoada yana bir mavsum qoladigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “shporlar” koreyalik futbolchi bilan shartnomani 2026 yilning yoziga qadar uzaytirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, 32 yoshli vinger londonliklar safiga 2015 yilda kelib qo‘shilgan va barcha musobaqalarda 413 ta o‘yinda maydonga tushib, 169 ta gol 90 ta assist qayd etdi. Koreyalik futbolchi joriy mavsum klub tarkibida barcha musobaqalarda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 6 ta golga assist amalga oshirdi. Son Xyon Minning narxi “Transfermarkt” portalida 38 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Barselona” Sonni yozgi transferlar oynasida tekinga qo‘lga kiritmoqchiligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem Son Xyon Min

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing