“Tottenxem” fubolchisi londonlik shifokorlarga xayriya qildi

Sport

image

Londonning “Tottenxem” klubi futbolchisi Denni Rouz koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash olib borayotgan shifokorlarga minnatdorlik bildirdi. Futbolchi Londondagi sog‘liqni saqlash xodimlari va shifokorlarni tayyorlaydigan shimoliy Midlseka univeritetiga 100 dona pitssa hadya qildi. 

“Sizlar bizning qahramonimizsiz. Men buni barcha yaqinlarim nomidan aytyapman. Balki sizlar buni qahramonlik deya tan olmassizlar, lekin sizlar bunga munosibsizlar. Shuning uchun ham sizlarga rahmat aytaman”, deya fikr bildirdi Denni Rouz.

So‘ngi ma’lumotlarga ko‘ra Buyuk Britaniyada 51 608 inson koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan. 5373 kishi ushbu virus tufayli vafot etgan. COVID-19 virusidan sog‘ayganlar soni 135 kishini tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 1 347 624 nafarni tashkil etyapti. Shulardan 74 782 nafari ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 286 453 nafar inson koronavirusdan butkul sog‘aydi.


Maqola muallifi

Teglar

Tottenxem London

Baholaganlar

27

Reyting

2.7

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing