“Tottenxem” bosh murabbiyligiga asosiy da’vogarlar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
12 fevral 1453 1 daqiqa
Londonning “Tottenem” jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga asosiy da’vogarlar sifatida italiyalik Roberto De Zerbi hamda argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino ko‘rilmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Ben Yakobs xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Tottenem” jamoasi rahbariyatining qisqa ro‘yxatdan hozirda Roberto De Zerbi hamda argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettinodan tashqari “Ferensvarosh”ni boshqarayotgan londonliklarning sobiq hujumchisi Robbi Kin hamda “Portu”ni boshqarayotgan 36 yoshli Franchesko Farioli ham o‘rin olgan.
Xabarlarga qaraganda, klub rahbariyati ushbu nomzodlar bilan ehtimoliy tayinlovi yuzasidan dastlabki muzokaralarni boshlab yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 fevral kuni “Totenxem” jamoasi bosh murabbiy Tomas Frankni lavozimidan ozod qilgandi.
Live
Barchasi