“Toshturma”da mahbuslarga sutkasiga atigi 4-6 soat suv berilyaptimi?
Jamiyat
−
03 avgust
12555Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshturma” nomi bilan tanilgan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi jazoni ijro etish departamenti markaziy tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslarga sutkasiga atigi 4-6 soat davomida suv berilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, mazkur holat Ombudsman tomonidan nazoratga olinib, zudlik bilan tashkilot kotibiyati xodimlari tomonidan Jazoni ijro etish departamentining Markaziy hibsxonasiga monitoring tashrifi amalga oshirilgan holda o‘rganilgan. Monitoring davomida ushbu hibsxonada saqlanayotgan 50 dan ortiq mahbuslar bilan uchrashilib, holatga oydinlik kiritilganda, ular suv bilan bog‘liq muammolar mavjud emasligi, belgilangan tartibga ko‘ra haftada bir marotaba cho‘milishlari hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatdan shikoyatlari yo‘qligini bildirgan.
Shu bilan birga, monitoringda hibsxonada saqlanayotgan shaxslarning yashashi, ovqatlanishi, tibbiy yordam ko‘rsatish holati va sifati hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holatlari o‘rganilgan. Shuningdek, hibsxona ma’muriyati tomonidan u yerda saqlanayotgan shaxslarni doimiy ravishda suv bilan ta’minlash maqsadida uning hududida suv yetkazish uchun 2,5 atmosferali qo‘shimcha 12 ta artezian elektr nasoslari o‘rnatilganligi va barchasi soz holdaligi ma’lum bo‘lgan.
LiveBarchasi