Toshtemirov yana bir medalga ega chiqdi
Sport
−
11 Sentabr 2023 3902 1 daqiqa
Saudiya Arabistonida o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatining dast ko‘tarish bahslarida oltin medalni qo‘lga kiritgan Muhammadqodir Toshtemirov ikki kurash hisobida ham sovrindorlar qatoridan joy oldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Siltab ko‘tarishdagi 188 kg Toshtemirovga mazkur yo‘nalishda medal taqdim qilmagan bo‘lsa ham, yakunda ikki kurashda O‘zbekiston vakili 3-o‘rinni egalladi.
1. Oskar Martines (Italiya) - 356 (163+193) kg;
2. Rahmat Abdulloh (Indoneziya) - 354 (145+209) kg;
3. Muhammadqodir Toshtemirov (O‘zbekiston) - 352 (164+188) kg.
Ma’lumot uchun, Ar-Riyod shahrida o‘tayotgan musobaqa 17 sentyabrga qadar davom etadi. Turnir yakuniga qadar yana 8 nafar O‘zbekiston vakili medallar uchun bahslarga kirishadi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr