“Toshshahartransxizmat” raisi nega qamoqqa olingani ochiqlandi

3-sahifa

image

Avvalroq, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi. Endilikda unga nisbatan nega bunday ehtiyot chorasi qo‘llanilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, DXX xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, “Toshshahartransxizmat” AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, “Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev, bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B.lar o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan “Toshshahartransxizmat” AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshshahartransxizmat Anvar Jo'raev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing