“Toshshahartransxizmat” rahbari qamoqqa olindi
3-sahifa
−
08 fevral
12570“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan Anvar Jo‘rayev qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, Bosh prokuror o‘rinbosari Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi (surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qaroriga binoan ushlab turish) tartibida ushlangan Anvar Jo‘rayevga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasini Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga kiritgan.
Kecha, 7 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining ajrimi bilan Bosh prokuror o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, gumon qilinuvchi Anvar Jo‘rayevga nisbatan “qamoqqa” olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qamoqqa olinishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, 29 yanvar kuni Prezident raisligida o‘tgan yig‘ilishda transport sohasining bir qator mansabdorlari, xususan, Anvar Jo‘rayevga hayfsan va so‘nggi ogohlantirish berilgandi.
LiveBarchasi