Toshloqda yuk mashinasi voyaga yetmagan bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida joriy yilning12 iyun kuni voyaga yetmagan bola o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Fuqaro N.A. boshqaruvidagi “Gaz-53” rusumli avtomashinasini “Ko‘lariq” MFY hududida boshqarib ketayotib, yo‘lni qatnov qismini piyoda kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan E.M.ni urib yuborgan. Natijada E.M. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi  tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Farg'ona

Baholaganlar

130

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing