Toshxo‘jayev Farg‘onada ishni OAV bilan uchrashishdan boshladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlangani haqida xabar bergan edik. Toshxo‘jayev Farg‘onadagi faoliyatini OAV xodimlari bilan uchrashishdan boshladi. 

Uchrashuvda Farg‘ona viloyati IIBning yangi ko‘rinishdagi "fviib.uz" internet sayti taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur sayt orqali bevosita har qanday murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIB rahbariyatiga yetkazish imkoniyati mavjud. Qolaversa,  Telegram, Instagram, Facebook’dagi sahifalaridan ham o‘zbek va rus tillaridagi rasmiy ma’lumotlarni olish mumkin. 

Boshqarma boshlig‘i, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aholiga yetkazish, adashgan insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, o‘quvchilarni to‘g‘ri va xolis axborot manbai bilan ta’minlashda jurnalistlarning yordami katta ekanini qayd etib, kelgusida barcha ommaviy axborot vositalari bilan ochiq va shaffof hamkorlik o‘rnatilishini e’tirof etdi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, Doniyor Baxtiyorovich Toshxo‘jayev Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti rahbari bo‘lib ishlagan davrlarda IIV OAVga yanada yaqin bo‘ldi. Tergov departamenti birinchi bor jurnalistlarga ochildi. Jinoyatchiliklar va u bilan bog‘liq tergov jarayonlarini OAVda yoritish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Umid qilamizki, Tergov departamentida Toshxo‘jayev rahbarligida o‘rnatilgan tartib saqlanib qoladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Doniyor Toshxo'jaev

Baholaganlar

72

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing