Toshkentdagi “zapchast” bozorida yong‘in chiqdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi "zapchast" bozorida yong‘in chiqqani haqida xabarlar tarqaldi.  Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi buni tasdiqladi.

Bildirilishicha, bugun, 27 mart kuni soat 06:50 da Toshkent shahar Uchtepa tumani, Kichik halqa aylanma yo‘li ko‘chasida joylashgan 2 qavatli binolardan birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 06:57 da yetib borgan.  Yong‘in soat 07:20 da o‘rab olingan va soat 07:23 da o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 2 qavatli binolardan birida  taxminan 100 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Qayd etilishicha, hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 mart kuni Toshkent shahridagi “Samarqand darvoza” mahalla fuqarolar yig‘inida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing