Toshkentning Jomiy maydonidagi aylanma yo‘l vaqtincha yopiladi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasining Kichik halqa yo‘li bilan kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanma yo‘lgacha, Jomiy maydonidagi aylanma yo‘ldan Usta Shirin ko‘chasining Shiroq ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"Joriy yilning 10 iyun kuni soat 21:00 dan 12 iyunga qadar Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasining Kichik halqa yo‘li bilan kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanma yo‘lgacha, Jomiy maydonidagi aylanma yo‘ldan Usta Shirin ko‘chasining Shiroq ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan mazkur oraliq masofa avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi", deyiladi hokimlik xabarida.

Toshkent shahar hokimligi haydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etgan.

"Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Ko'cha

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing