Putin Suga bilan kelishib oldi
Olam
−
29 Sentabr 2020
8688Bugun, 29 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya Bosh vaziri Yoshihide Suga telefon orqali suhbatlashishdi. Suhbat chog‘ida Vladimir Putin va Yoshihide Suga tez kunlarda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldilar. Bu haqda "Kyodo" agentligi ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, suhbat chog‘ida Suga tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarda oldinga qadam tashlash istagini bildirgan.
"Suga va Putin tez orada yuzma-yuz muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldilar", deyiladi bayonotda.
Oldinroq, Yoshihide Suganing Putin bilan telefon orqali muzokara o‘tkazishni rejalashtirayotgani ma’lum qilingandi.
Yaponiya Bosh vaziri Putindan tashqari bir qator xorijiy davlatlar rahbarlari bilan telefon orqali muzokaralar o‘tkazgan. Jumladan, AQSH Prezidenti Donald Tramp, Germaniya kansleri Angela Merkel, Janubiy Koreya Prezidenti Mun Chje In va Xitoy rahbari Si Szinpin.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya parlamenti Sugani 16 sentyabr kuni yangi Bosh vazir etib tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshihide Sugaga mamlakat Bosh vaziri etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘llagandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr