Toshkentning uchta tumanida vaqtincha gaz bo‘lmaydi

Jamiyat

image

Ertaga, 5 aprel kuni Toshkent shahridagi bir nechta tumanda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“Toshkent metropolitenining yer usti aylana liniyasini qurish ishlari munosabati bilan 5 aprel kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha Yashnobod, Mirobod va Bektemir tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi”, deyiladi hokimlik xabarida.

Toshkentda quyida hududlarda gaz ta’minotining vaqtincha to‘xtatilishi kutilyapti:

Yuqori bosimli gaz taqsimlash stansiyasi (GTS):

3026- “Badahshon” GTS 

3027- “To‘yona” GTS

3028- “ATK-4” GTS

Maishiy-kommunal ob’ektlari:

Ko‘yliq bozor issiqxonasi, “Qo‘yliq ota” non sexi, “Makro savdo majmuasi”, “Avto VAZ” MCHJ, XT “Ko‘klamchi Vodiy”, Qog‘oz sexi, Ulgurji bozor, “Gaz tuldirish stansiyasi” AGTKSH,  “Bektemir” AGTKSH.

Yashnobod tumanida:

Katta Qo‘yliq mahallasidagi to‘rtta 5 qavatli uylarda;

Katta Qo‘yliq mahallasidagi ikkita 4 qavatli uylarda;

Katta Qo‘yliq mahallasidagi oltita 9 qavatli uylarda;

To‘yona ko‘chasidagi 200 ta xususiy uylarda;

Maishiy-kommunal ob’ektlarda:

Avtosalon, “Dosmakor –Gulbahor” klinikasi, Shprits sexi, “Navro‘z” kafesi, “To‘yona baraka” kafesida.

Mirobod tumanida:

Hushnud, Istiqbol ko‘chalarida 950 ta xususiy uylarda.

Maishiy-kommunal ob’ektlarda:

6-markaziy isitish qozoni, Hushnud va Istiqbol ko‘chalaridan barcha mashiy-kommunal ob’ektlarida.

Bektemir tumanida:

Nurafshon va Istiqbol ko‘chalaridagi 100 ta xususiy uyda.

Maishiy-kommunal ob’ektlarda:

“Qo‘yliq” bozoridagi yettita oshxona, “Compass” savdo majmuasi, “Doka xleb”, gaz quyish shaxobchasi, “Qo‘yliq” bozoridagi ikkita kafe, avtosalon, to‘qimachilik sexi, “Ko‘klam vodiy” kafesi, “Shefer” klubi, “Servis Saida” kafesi, Toshkent motor zavodi, DEO parki, “Jasmin aliks”da gaz ta’minoti to‘xtatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Toshkent

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing